Non sequitur
Non sequitur (talaffuzi: non sekvitur) lotin tilidan olingan ibora boʻlib, „davom etmaydi“, „davomi emas“, deb oʻgiriladi. Mantiqda non sequitur atamasi bilan tezisda koʻrsatilgan fikrni davom ettirmaydigan argument tushuniladi. Non sequitur mantiqiy xatolardan biridir.
Misollar
Oddiy misol
Barcha odamlar qachondir oʻlishadi, Eshmat — odam, demak Eshmatga qizlar yoqadi.
Bu yerda tezis - odamlarning oʻlishi, lekin „davomiy“ argument (Eshmatga qizlar yoqadi) umuman bu tezis mavzusiga oid emas.
Bir necha qadamli mantiq
Bu yerdagi tezisda A dan B kelib chiqishi taʼkidlangan, lekin non sequitur B dan A kelib chiqadi, deb tezisga mos kelmayapti.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org