Nomsiz Mario filmi




The Super Mario Bros. Movie 2023-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi va sarguzasht janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Universal Pictures, Illumination va Nintendo studiyalari bilan hamkorlikda ishlangan, Universal Pictures tomonidan esa tarqatilishi rejalashtirilgan. Film gʻoyasi Mario videooʻyinlar seriyasiga asoslangan boʻlib, bu multfilm ushbu videooʻyinlar seriyasi asosida ishlangan uchinchi toʻliq hajmli filmdir. Bungacha, Super Mario Bros.: The Great Mission to Rescue Princess Peach! (1986) va Super Mario Bros. (1993) filmlari ishlangan edi. Film rejissorlari — Aaron Horvath va Michael Jelenic, produserlar — Chris Meledandri va Shigeru Miyamoto, senariy muallifi esa Matthew Fogel. Filmda bosh qahramonlarga Chris Pratt, Anya Taylor-Joy, Charlie Day, Jack Black, Keegan-Michael Key, Seth Rogen, Fred Armisen, Kevin Michael Richardson, Sebastian Maniscalco va Charles Martinet ovoz bergan.

Film premyerasi AQShda 2023-yil 5-aprelda boʻlib oʻtdi. Film butun dunyo boʻylab $1,3 milliard ishlab topdi va 2023-yilning 1chi eng kassabop filmiga aylandi.

Ovoz berganlar




Musiqasi



Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Brian Tyler yozgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz