Nolan Seegert




Nolan Seegert (talaffuzi: Nolan Sigert; 1992-yil 11-iyulda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Minerva Fabienne Hase bilan birga 2019 Rostelecom Cup turnirining bronza medali sovrindori, 2021 CS Nebelhorn Trophy musobaqasining chempioni va uch karra Germaniyaning milliy chempioni (2019 — 2020, 2022) boʻlgan. Bu juftlik 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Germaniyani himoya qilishgan.

Faoliyati



2014 — 2015-yilgi mavsum



Nolan Seegert 2014-yilda Hase bilan juftlik hosil qilgan. Juftlikning xalqaro debyuti noyabr oyi oxirida, 2014 NRW Trophy musobaqasida boʻlib oʻtgan va u yerda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2015-yil yanvar oyida ular Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Yevropa chempionatida qatnashishdan oldin Toruń Cup turnirining bronza medalini qoʻlga kiritdilar; juftlik qisqa dastur namoyishi uchun oʻn birinchi, erkin dasturda esa oʻninchi oʻrinni egallagan holda umumiy hisobda oʻn birinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik birinchi mavsumini International Challenge Cup musobaqasida ishtirok wetib, bronza medalini qoʻlga kiritish bilan yakunlagan.

2015 — 2016-yilgi mavsum



Hase / Seegert juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida debyut qilgan 2015 CS Nebelhorn Trophy musobaqasida 6-oʻrinni egallagan. Keyin juftlik 2015 NRW Trophy turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2015 CS Tallinn Trophy musobaqasida qatnashib, oltinchi oʻrinni egallagan. Ular 2016-yilgi Sarajevo Open va 2016 Bavarian Open chempionatida kumush medal bilan taqdirlangan.

2018 — 2019-yilgi mavsum



Hase / Seegert juftligi yangi musobaqa mavsumini 2018 CS Nebelhorn Trophy turnirida boshlagan va turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Bu juftlik Gran-pri musobaqalarida ishtirok etish uchun oʻzlarining birinchi yoʻllanmasini olgan. Juftlik 2018 Skate America turnirida beshinchi va 2018 Internationaux de France musobaqasida yettinchi o‘rinni egallagan. 2018 Golden Spin of Zagreb musobaqasida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, juftlik 2019-yilgi Germaniya chempionatida birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Dasturlari



(Segert bilan)

Natijalari



Seegert bilan juftlik




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz