Nolan Baumgartner
Nolan Baumgartner (talaffuzi: Nolan Baumgartner ) (1976-yil 23-martda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi.
Oʻyin faoliyati
Nolan Baumgartner „Washington Capitals“ xokkey klubi safiga 1994-yilgi NHL kirish loyihasining 10-oʻrinidagi tanlovi asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Nolan Baumgartner WHLga qaytdi va 1995-yilda ketma-ket ikkinchi marta Memorial kubogini qoʻlga kiritish uchun boʻlajak NHLchilar Darcy Tucker, Shane Doan va Jarome Iginlalar safiga qoʻshildi. Baumgartner ketma-ket ikkinchi yil Memorial Cup All-Star jamoasiga kiritildi. CHL chempionati uchrashuvlarida Nolan Baumgartner 21 oʻyinda 17 ochko toʻplaganidan soʻng WHL pley-off bosqichining eng yaxshi xokkeychisi sifatida AirBC Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi. Keyin Nolan Baumgartner mavsum oxirida liganing eng yaxshi himoyachisi sifatida Bill Hunter kubogi bilan taqdirlandi.
Nolan Baumgartnerning NHLdagi faoliyati yelkasidagi jiddiy jarohat tufayli bir tekis kechmadi. Nolan Baumgartner „Capitals“ xokkey klubi Amerika Xokkey Ligasi filiali „Portland Pirates“ xokkey jamoasi bilan oʻynaganidan soʻng, u 2000-yil 20-iyulda Remi Royer oʻrniga „Chicago Blackhawks“ xokkey jamoasiga almashtirildi.
2002-yil 11-iyulda Nolan Baumgartner „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolandi. „Canucks“ xokkey kjlubi bilan bir mavsumdan soʻng, Nolan Baumgartner jamoani tark etdi. 2003-yil 3-oktyabrda Nolan Baumgartner „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Nolan Baumgartner 2003—2004-yilgi mavsumda „Manitoba Moose“ xokkey jamoasi sardori boʻldi.
2008-yil 2-iyulda Nolan Baumgartner „Canucks“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Nolan Baumgartner 2008—2009-yillardagi mavsumda AHLda oʻynashni davom ettirdi. Ushbu mavsumda Nolan Baumgartner 72 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga 33 ochko qayd etdi.
Nolan Baumgartner 2011—2012-yilgi mavsum oxirida xokkeyni tark etdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Nolan Baumgartner Kanada milliy xokkey terma jamoasi tarkibida ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati musobaqalarida (1995, 1996) maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org