Nokia Sensor




Nokia Sensor Nokia tomonidan 2005-yilda chiqarilgan boʻlib, ba'zi mobil telefonlarda mavjud bo'lgan dasturiy ta'minot to'plami.U Bluetooth aloqa texnologiyasining ilovasi, shuningdek ,Nokia Sensor foydalanuvchilarga yaqin atrofdagi boshqa foydalanuvchilarni aniqlash imkonini berardi.Ular bilan xabarlar va mijoz tomonidan belgilangan profillarni almashish mumkin.

Ijtimoiy spontanlik



Nokia Sensorb tungi klublar, barlar, temir yo'l platformalari va boshqa ijtimoiy muhitda foydalanuvchilar o'rtasida aloqani rivojlantirish uchun mo'ljallangan. Bluetooth simsiz texnologiyasi 10 metr radius masofada joylashgan boshqa mobil telefon apparatlari mavjudligini aniqlash uchun foydalanilgan.

Foydalanuvchi folio



Aniqlanganda, Nokia Sensor foydalanuvchilari ogohlantiriladi va ular bir-birlarining shaxsiy sahifalarini ko'risha olaveradilar. Folio mazmuni Nokia Sensor foydalanuvchisi tomonidan oldindan belgilanadi shu bilan birga quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi mumkin: foydalanuvchining raqamli fotosurati; foydalanuvchi nomi; qisqa shaxsiy tavsifi.

Shuningdek, boshqa foydalanuvchilar matnli yozuvlarni oʻqish va joylashtirish imkoniyatini berishi mumkin bo‘lgan “mehmonlar kitobi”ni ham o‘z ichiga oladi.

Bepul xabarlar



Bluetooth simsiz mobil qurilmalar o'rtasida tarmoq operatoriga ehtiyoj sezmasdan aloqa qilish imkonini beradi, shu sababli xabarlar bepul.

Manbalar




Tashqi havolalar




Andoza:Nokia services

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz