Nokia Lumia 720
Nokia Lumia 720 Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan Windows Phone 8 qurilmasi. Bu haqda 2013 yilgi Mobile World Congressda eʼlon qilingan.
Apparat taʼminoti
Telefon orqa tomonida bir qator „Shells“ lar mavjud boʻlib, bu foydalanuvchilarga telefonnni oʻzlari istaganday oʻzgartirish imkonini beradi, shuningdek, simsiz zaryadlash (alohida aksessuar sifatida qoʻshiladi) kabi funksionalliklarni ham qoʻshish imkoniyatini beradi. Shuningdek qurilmaning orqa qobigʻini ham osongina almashtirilish mumkin. Yordamchi tugmalari (tovush balandligi, quvvat va maxsus kamera tugmasi) oʻng tomonda joylashgan boʻlib, qurilma tepasida 3,5 mm audio jek va uning tagida Micro-USB porti oʻrnatilgan.
Qalinligi 9 mm boʻlgan Nokia Lumia 720 chiqarilgan paytida Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan eng ingichka va bir korpusli polikarbonat qobiqli smartfonlardan biri boʻlgan.
Ekran
4,3 dyuymli WVGA displeyining oʻlchamlari 800 x 480 piksel va tomonlarining nisbati 15:9.
Boshqa xususiyatlari:
Batareya va zaryadlash
Qoʻshimcha aksessuarlar yordamida simsiz zaryadlashni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, odatdagi simli quvvat adapteri yoki USB kabeli yordamida ham zaryadlanishi mumkin.
Telefon 2000 mAh sigʻimga ega batareyadan foydalanadi va shuning uchun ham qurilmaning ishlash davomiyligi Lumia 920 modelidagi telefonlar bilan deyarli bir xil.
Dasturiy taʼminot
Bu telefon Nokia Maps ning oʻrniga Here Maps, Here Transit va HERE Drive kabi navigatsiya servislariga ega boʻlgan HereSuit toʻplami bilan birga kelgan birinchi Nokia telefonidir, ammo boshqa Lumia qurilmalaridan farqli ravishda HERE Drive+ dasturiy toʻplami mavjud emas.
Lumia 720 modeli ham HTC 8X, Samsung Ativ S va Huawei Ascend W1 kabi boshqa Windows Phone 8 telefonlaridan ajralib turadigan Nokianing eksklyuziv dastur va ilovalarini oʻz ichiga oladi.
2014-yil aprel oyida eʼlon qilingan Windows Phonening soʻnggi modeli Lumia Cyan Windows Phone 8.1 ni oʻz ichiga olgan va oʻsha yilning oxirida butun dunyo boʻylab chiqarila boshlangan.
2015-yil yanvar oyida Microsoft Nokia 720 uchun Lumia Denim dasturiy yangilanishni chiqardi. Yangilanish qurilmadagi xatolarni tuzatdi va telefonga yangi xususiyatlar qoʻshdi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org