Nokia 5310 (2020)
Nokia 5310 (indeks TA-1212, kod belgisi "Pisces") - bu 2020-yilning bahorida Nokia brendi ostida Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi tomonidan chiqarilgan uyali aloqa telefoni. U 2007-yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Nokia 5310 XpressMusicning qyangi ko'rinishi hisoblanadi. Avvalgi talqindan farqli o'laroq, yangi 5310 "XpressMusic" brendiga ega emas.
Telefon jahon bozorida chiqishi bilan turlicha qabul qilindi. Jurnalistlar yorqin ekran, yaxshi korpus materiallari va qulay klaviatura, shuningdek, baland ovozli dinamiklar va yuqori sifatli ovozni yuqori baholadilar, biroq nisbatan yuqori narx va avvalgisiga nisbatan sezilarli o'zgarishlar yoʻqligi tanqidga sabab boʻldi.
Tarixi
Nokia 5310 XpressMusic mobil telefoni 2007-yil 27-avgustda taqdim etilgan. XpressMusic musiqiy turkumiga kiruvchi gadjet musiqa ijro etish uchun qoʻshimcha tugmalar bilan jihozlangan boʻlib, ular ekran yaqinidagi qirrali yon chetiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, u 1 sm dan yupqa bo'lgan kam sonli telefonlardan biri va eng yengil (71 gramm) Nokia telefonlaridan biri edi. Mobil telefon Series 40 operatsion tizimida ishlagan va Java-appletlarini ishga tushirishni qo'llab-quvvatlagan, Bluetooth va FM radiosi ham mavjud edi
Nokia 5310 XpressMusic mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. U 2012-yilgacha ishlab chiqarilgan bo'lib, o'z davrida katta shuhrat qozongan (10 million nusxadan ortiq sotilgan)
Yangi talqinda ishlab chiqish
2017-yildan buyon Microsoft Mobile’ni sotib olgan va Nokia brendiga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritgan HMD Global kompaniyasi norasmiy umumiy nomi Nokia Originals bo'lgan mashhur Nokia telefonlarining zamonaviy talqinlarini ishlab chiqarmoqda. 5310 modeli 2020-yilda qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi taxminlar bu haqda rasmiy ma'lumotlar paydo bo'lishidan oldin ham tahlilchilar tomonidan bildirilgan edi
2020-yil fevral oyi oʻrtalarida TENAA maʼlumotlar bazasida Nokia TA-1212 deb belgilangan uyali telefon sertifikati haqidagi xabar paydo boʻldi. Qurilmaning texnik xususiyatlari va fotosuratlaridan Nokia 5310 ning qayta tiklangan talqinini chiqishi va bu qurilma KaiOS yoki Android tizimidagi yarim smartfon emas, balki "oddiy" tugmachali telefon bo'lishi kerak edi. Ushbu habarlar 18-mart kuni yangilik rasman taqdim etilganida tasdiqlandi.
Qurilmalardagi farq
Manbalar
uz.wikipedia.org