Nokia 3110 classic




Nokia 3110 classic - rangli displeyli Nokia kompaniyasi taqdim etgan Vengriyada ishlab chiqarilgan uyali aloqa vositasidir. Qurilmaning Nokia 3110 Evolve deb nomlangan talqini ham mavjud boʻlib, uning xususiyati qayta tiklanadigan ekologik toza materiallardan tayyorlangani va qurilma qutisi 60% atrofida qayta ishlangan materiallardan iboratligidir.

U Nokia tomonidan 2007-yil boshida Barselonadagi 3GSM Butunjahon Kongressida taqdim etilgan va o'sha yilning o'zidayoq ishlab chiqarish boshlangan. Model arzon hamyonbop narxda bo'lishiga qaramay ko'plab funksiyalar, keng interfeysi bilan ajralib turadi. Ushbu model FM radiosi va kamerasi yo'qligi bilan farqlanadigan Nokia 3109dan ancha kech ishlab chiqarishdan to'xtatilgan.

Mini USB kabel (alohida sotib olinadi) bilan kompyuterga ulanganda, telefondan qo'shimcha disk sifatida foydalanish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Ushbu model raqamli audio pleer funksiyasiga ega bo'lsada, monofonik (bir quloq) eshitish vositasi qurilma bilan taqdim etiladi. Xotira kartasi uyasi batareya ostida joylashgan, shuning uchun uni qurilmani o'chirmasdan o'zgartirish mumkin emas. Ushbu model 2 gigabaytgacha bo'lgan flesh-kartalarni qo'llab-quvvatlaydi.

Nokia BL-5 akkumulyatori qurilmaga ovozli qo'ng'iroq davomida 4 soat, kutish vaqtini esa 370 bo'lishini ta'minlaydi. Akkumulyator 1.020 mAs quvvatga ega. EGSM900/GSM1800/1900 standartlarida ishlagani uchun, telefon 3G tarmog'ida ishlay olmaydi.

Qurilma Nokia BL-5 akkumulyatori, HS-40 quloqchini, Nokia AC-3 quvvatlagichi, foydalanish yo'riqnomasi bilan taqdim etiladi.

Texnik imkoniyatlari[2]




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz