Nokia 3100




Nokia 3100 - bu GSM tarmoqlari uchun Nokianing uch diapazonli uyali telefonidir. 2003-yil 17-iyunda rivojlanayotgan bozorlarga moʻljallangan boshlangʻich darajadagi model sifatida chiqarilgan. Kamera va musiqa kabi yuqori imkoniyatlarfan koʻra kichik va yengil boʻlishga e’tibor qaratildi.

Nokia 3100 Nokia 3510i va Nokia 7250i asosida ishlab chiqilgan.

Xususiyatlari



Qurilma 128x128 pikselli (4096 rang/12 bitli) passiv rangli ekran, Java MIDP 1.0 ilovalarini qoʻllab-quvvatlash, XHTML va WAP-brauzer, GPRS, shaxsiy kompyuter aloqasi uchun POP-port ulagichi va li-ion akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, u qo'ng'iroq ohanglari sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan polifonik MIDI fayllaridan foydalanishga imkon beradi.

Qurilma BMP, JPEG, PNG va GIF formatlaridagi musiqa va suratlarni yuborish yoki qabul qilish imkonini beradi. Asosiy modelda ovoz yozish moslamasi, radio, MP3 pleer yoki kamera yo'q, Nokia 3100b talqinida esa ovoz yozish imkoni mavjud. POP-port orqali telefonga tashqi kamera qo'shilishi mumkin

Modelning o'ziga xos xususiyati - ekran va klaviatura atrofidagi old paneldagi qorong'i vaqtda porlab turadigan kontur hisoblanadi.

Model Yevropa va AQShdagi eng mashhur Nokia telefonlaridan biri edi.

2004-yilda Nokia Nokia 3120 modelini ishlab chiqardi, u 3100 dan qayta ishlangan old korpusi va klaviaturasi bilan farq qiladi.

CDMA tarmoqlari uchun xuddi shunday Nokia 3105 modeli ham ishlab chiqarildi, u o'rnatilgan chiroq bilan jihozlangan.

Talqinlari



Nokia 3100 (RH-19)



Evropa GSM tarmoqlari uchun mo'ljallangan asosiy talqin. U GSM 900/1800/1900 standartlarida ishlayja mo'ljallangan.

Nokia 3100b (RH-50)



Ushbu talqin AQSh bozori uchun mo'ljallangan bo'lib, u GSM 850/1800/1900 standartida ishlaydi.

Nokia 3105



Nokia 3100 telefining CDMA standarti uchun mo'ljallangan talqini. U CDMA2000 1xRTT to'lqinida ishlaydi. Ko'rinishidan 3100 ga o'xshasada o'rnatilgan chiroqcha, orqa qopqoq tuzilishi boshqachaligi, ovozli buyruqlar hamda rejalashtirgich imkoniyatlari mavjudligi bilan farq qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz