Nokia 1616
Nokia
Nokia 1616 — Nokia tomonidan 2009-yil 4-noyabrda eʼlon qilingan va 2010-yilda rivojlanagan davlatlar va byudjet foydalanuvchilari uchun taklif qilingan. Soliqlar va subsidiyalarsiz (SIM-kartasiz) €24 narxda chiqarilgan arzon ultrabasik GSM mobil telefonidir.
Qurilmaning telefondan tashqari asosiy funksiyalari qurilmaning yuqori qismidagi chiroq va FM radiosi. Radio ishlashi uchun antenna oʻrniga quloqchin kerak boʻladi. Fonda ishlashi va shu bilan birga oʻchirmasdan turib boshqa telefon vazifalariga kirishni taʼminlaydi.
Nokia C1 00 deb nomlanuvchi aparat Nokia 1616 ning 2 ta SIM kartali varianti chiqarildi.
Uskuna
Qurilma tirnalishga chidamli oyna, rangli displey hamda changdan himoyalangan klaviaturaga ega boʻlib qora, toʻq kulrang toʻq koʻk va toʻq qizil ranglarda taqdim etidi
Uyali aloqa bositasi, akkumulyator va Nokia AC-3 ixcham quvvatlovchi qurilmasidan tashqari, asl oʻramda Nokia WH-102 stereo eshitish vositasi ham mavjud.
Funktsionallik
Series 30 -ga asoslangan telefon bir nechta telefon kitoblarini qoʻllab-quvvatlaydi va uning xotirasi SIM-kartada taqdim etilgan miqdorga qoʻshimcha ravishda 500 tagacha kontaktni saqlashi mumkin. Har bir kontaktga 3 ta telefon raqami berilishi mumkin. SMS xotirasi 250 tagacha xabarni tashkil qiladi.
Boshqa funksiyalarga: signal(budilnik), kalendar, eslatma, asosiy kalkulyator, konvertor, taymer va tiqin va byudjet tuzish uchun elektron jadvalga oʻxshash xarajatlar kitobi bilan tabirlashtirilgan soʻzlovchi soat (soat belgisi bilan * tugmasi orqali kirish mumkin).
Xizmatlar
Rivojlangan bozorlar uchun modellar orasida SMS ga asoslangan Nokia Life Tools obuna boʻyicha maʼlumot xizmati mavjud boʻlgan. U quyidagi xizmatlardan foydalangan:
Nokia Life Tools bilan Nokia 1616 2010-yilning 8-yanvarda Nokia kompaniyasining oʻsha paytdagi bosh direktori Olli Pekka Kallasvuo tomonidan Nevada shtati Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan CES 2010 koʻrgazmasining asosiy taqdimotida taqdim etildi.
Qabul
CNET UK maxsus agenti Damien McFerran telefonni chang oʻtkazmas klaviaturasi, FM radiosi va c orhirogʻi uchun maqtadi. Batareyaning yaxshi ishlash muddati, standart 3,5 mm quloqchin oʻrami (ilgari Nokia telefonlarida 2,5 mm ulagichdan foydalanilgan) va quloqchinlarning oʻramga qoʻshilishi alohida taʼkidlandi. MakFerran taʼkidlashicha, boshqa ishlab chiqaruvchilarning byudjet telefonlari oʻramiga kiritilmagan.
2010-yilning may oyida Germaniyaning t3n jurnalida chop etilgan boʻlsashveytsariyalik IT muallifi Roman Hanhart smartfon hamda oddiy telefonga ega boʻlishning yaxshi va yomon tomonlari haqida oʻylab koʻrdi. Xanxart oʻzining SIM karta bilan qulflangan 800 franklik HTC Dream (Android 1.5 da) batareyasining noqulay ishlash muddatini va talab boʻyicha onlayn rejimda boʻlish zaruratini — oʻzining Nokia 1616 telefonidan foydalangan holda 2 haftalik batareya quvvati bilan jami 44 dona batareya quvvatini solishtirdi. Frank (yetkazib berish narxi kiritilgan; taxminan chakana narxi 38 SFr) va uning asosiy telefon bilan erkinlik hissi, bunda u telefoni maʼlumot yigʻish haqida tashvishlanmasdan oʻzi xohlagan qulaylik darajasiga erisha oladi.
2010-yilning iyul oyida Rossiyaning „Argumenty i fakty“ haftaligida nashr etilgan va Viktor Zaykovskiy qalamiga mansub byudjet uyali aloqa vositalarining qiyosiy sharhida, Nokia 1616 eng hamyonbob narx va yuqori xususiyat nisbati boʻyicha oʻrinni egalladi. Zaykovskiy byudjetli telefonda rangli displey mavjudligini, tezkor UI sezgirligini, rezina klaviaturani (chang va vaqti-vaqti bilan suv tomchilaridan himoya qiladi), batareyaning yaxshi ishlash muddatini va chiroqni taʼkidladi. Zaykovskiy shuningdek,FM radiosining yuqori darajada qabul qilinishi, tovush sifati va tovush balandligi hamda radio fon vazifasi sifatida ishlashi, shu tariqa insonlarga musiqa eshitish vaqtida telefonning boshqa funksiyalaridan foydalanish imkonyatini berishini yuqori darajada baholaydi. Zaykovskiy bu „1350 rublga sotib olish mumkin boʻlgan eng yaxshi telefonlardan biri“ degan xulosaga kelgani haqida bayon qilgan edi.
Bozor ulushi va mashhurlik
2010-yilda Estoniyada Nokia 1616 Tele2 uchun eng mashhur telefonlar orasida 10-oʻrinni egalladi. Elisaʼda eng koʻp sotilgan Nokia telefonlari toʻrttaligiga kirdi.(1616 toʻrtinchi oʻrinda edi).Nokia telefonlari esa eng koʻp sotilgan telefonlar boʻldi. U Elisa shahrida oldindan toʻlangan SIM-karta bilan 19,17 yevroga sotilgan.
Saturn elektron sotuvchisi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil iyun oyining boshi holatiga koʻra, Nokia 1616 Avstriyada SIM kartasiz telefonlar roʻyxatida 4-oʻrinni egallagan.
Eldorado va CNews.ru maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada Nokia 1616 2011-yil fevral oyidagi sotuvlar boʻyicha 4-oʻrinni egallagani (narxi 1000 rubl) va eng ommabop 4-oʻrinni band qilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Telefon Tele2 Rossiya tarmogʻida 2013-yil iyul oxirigacha shunday natijalar koʻrsatgan.
2014-yilda Nokia 1616 mintaqadagi yirik operator Vodacom statistik maʼlumotlariga koʻra, foydalanish koeffitsienti boʻyicha Janubiy Afrikadagi eng mashhur boshlangʻich darajadagi maʼlumotsiz mobil telefonlar roʻyxatida 2-oʻrinni egalladi.
Modellar
Maʼlum submodellar 1616-2c, 1616-2b, 1616-2 (AQSh chastota diapazonlaridan foydalanilgan). Qurilma Hindistonda ishlab chiqarilgan.
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org