NOKDAUN (inglizcha knock — zarba, down — qulatish) — boksda raqibining kuchli zarbasidan bokschining garangsib, o’z harakatlarini boshqara olmay qolishi va bir necha soniya jangni davom ettirishga qodir emasligi. Bunda bokschi 10 sekund ichida (hakam “to’qqiz”gacha sanaganda) uchrashuvni davom ettirish holatiga kela olmasa, uning raqibi nokaut bilan g’alaba qilgan hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish