Nodirshoh maqbarasi
Nodirshoh maqbarasi — Hooshang Seyhou tomonidan insho etilgan bino. Ushbu maqbara 1963-yil Eronning Mashhad shahrida qurib bitkazilgan.
Tarixi
Nodirshoh Boburiylar Hindistoniga qarshi olib borgan muvafaqqiyatli yurishidan soʻng, vataniga katta boylik va oʻlja bilan qaytadi. Ushbu oʻljalar ichida tovus taxti, Koʻhinur olmosi, 700 ta fil, 4,000 ta tuya, oltin, kumush, qimmatbaho toshlar ortilgan 10,000 ta ot bor edi. Keltirilgan ushbu ulkan oʻljalarni Kalat shahriga yashirgan Nodirshoh, boburiylar uslubida — „Kakh-e-Khorshid“ yoki „Quyosh saroyi“ maqbarasini qurishni buyuradi.
Nodirshoh oʻldirilganidan soʻng maqbara qurilishi hech qachon tomomlanmagan. „Kakh-e-Khorshid“ turli qabilalar boshliqlarining qarorgohiga aylangan. Nodirshohning jasadi 1960-yillarda Mashhadning ifloslangan chorraxasida betondan maqbara qurilmaguniga qadar esga olinmagan.
Maqbaraning ichki koʻrinishi
Tashqi koʻrinishi toʻliq bitirilmaganiga qaramay, Maqbaraning ichki qismi toʻliq bezatilgan: har bir eshik miniatyura rasmlari va Boburiylar davri freskalari bilan bezatilgan.
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org