Nodirjon Mirzaahmedov
Nodirjon Mirzaahmedov (1994-yil 3-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, yengil vazn toifasida ringga koʻtariladi. Havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021).
Tarjimai hol
Nodirjon Mirzaahmedov 1994-yil 3-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. U sportchi oiladan chiqqan, otasi va akasi ham boks bilan shugʻullanishgan. Boʻlajak bokschi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.
Nodirjon yoshligidan Toshkent shahar Uchtepa hokimligi qoshidagi sport zalida murabbiy Renat Muxamedjanovich Yusupov qoʻl ostida boks bilan shugʻullana boshlagan. 2013-yilda u havaskor boksdagi faoliyatini boshlagan. 2015-yilda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida finalda Hasanboy Doʻsmatovga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2018-yilda Oʻzbekiston chempionatida 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda boks boʻyicha Osiyo chempionatining 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi finalida u hindistonlik bokschi Dipak Singxni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org