Nodirbek Yoqubboyev




Nodirbek Yoqubboev (2002- yil 23-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016, 2018, 2020). Hindistonning Chennay shahrida o'tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.

Tarjimai hol



2016-yilda Nodirbek Yoqubboyev 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi va ilk marta shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldi. 2017-yilda Osiyo chempionatida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha  gʻolib chiqdi. 2018-yilda Nodirbek Yoqubboyev  Oʻzbekiston chempionatida   ikkinchi marta shaxmat boʻyicha gʻolib boʻldi, 2020-yilda esa bu muvaffaqiyatni uchinchi marta takrorladi. 2021-yilda Nodirbek Yoqubboyev Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIDE hududi turnirida ikkinchi oʻrinni tutdi va shaxmat boʻyicha FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Sochidagi Jahon chempionatida u ikkinchi bosqichga chiqdi va u chexiyalik grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi.

2018-yilda shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasini himoya qilgan.

2021-yil noyabr oyida Rigada Nodirbek Yoqubboyev „FIDEning katta Shveysariyasi“ turnirida 54-oʻrinni egalladi.

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE tomonidan Nodirbek Yoqubboyevga 2017- yilda xalqaro usta (IM) va 2019-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlari taqdim etildi.

Nodirbek Yoqubboev Qatar Masters 2023 turnirida 21 yoshli o'zbekistonlik GM Nodirbek Abdusattorovni blits pley-offda 2:0 hisobida mag'lub etib turnir g'olibiga aylandi..

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz