Nodirbek Primqulov




Nodirbek Primqulov (oʻzbekcha: Нодирбек Примкулов; 1998-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek estrada xonandasi va aktyori.

Nodirbek Primqulov oʻz ijodiy faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Xonanda ilk bora 2016-yilda „Yomg‘irlar“ qo‘shig‘i bilan tanilgan.

Biografiyasi



Nodirbek Primqulov 1998-yil 18-sentabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2005—2008-yillarda Namangan shahridagi 34-maktabda tahsil olgan. 2014—2017-yillarda Namangan akademik litseyida tahsil olgan.

Karyerasi



Nodirbek Primqulov 2012—2016-yillarda Namangandagi sanʼat maktabida vokal yoʻnalishida tahsil olgan. 2016-yil boshida Primqulov oʻzining „Chiroylisan“ deb nomlangan ilk qoʻshigʻini ijro etadi va bu qoʻshiq unga juda katta shuhrat keltiradi. 2016-yilning oxirida esa „Yomgirlar“ nomli taronasini muxlislar eʼtiboriga havola etadi. Biroq bu qo‘shiq Primqulovga unchalik ham omad keltirmaydi. 2017-yilda Nodirbek Primqulov o‘zining „Maryamjon“ deb nomlangan qo‘shig‘ini oʻz muxlislariga taqdim etgach, „Maryamjon“ qoʻshigʻi unga juda katta shuhrat olib keladi. 2018-yilda Primqulovning „Ramazon“ deb nomlangan qo‘shig‘ida hayotning juda ko‘p jihatlari ochib berilgan boʻlib, ushbu qo‘shiq nafaqat yoshlar, balki kattalar orasida ham mashhur bo‘lib bormoqda. 2019-yil boshida Primqulov o‘zining navbatdagi „Afsonalar vodiysi“ nomli qo‘shig‘ini ham xalqqa taqdim etadi. Xonandaning muxlislari „Afsonalar vodiysi“ qo‘shig‘ini juda ham iliq kutib olishadi. 2019-yil oxiriga kelib, u „Namangon“ qo‘shig‘ini ijro etadi, bu esa Namangada Primqulov ijodiga talabning yanada oshishiga sababchi boʻladi. 2022-yilda u „Yurak“ deb nomlangan qoʻshigʻini ijro etadi. 2022-yilda Primqulov „Onamni kelini“ va „G‘ozal“ qo‘shiqlarini, shu yilda esa „Qaddi Usmonim“ deb nomlangan ilk musiqiy albomini muxlislarga taqdim etdi.

Taronalari




Diskografiya



Albomi




Filmografiya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz