Nodir Normatov
Nodir Normatov — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1950-yilning 24-dekabrida Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi Poshxurd qishlogʻida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan (1967-1972). „Bisot“ (1982), „Jazo“ (1985) hamda „Jarlikdan qushlar uchdi“ kabi asarlar muallifi.
Mehnat faoliyati
Asarlari
Ijodkor Nodir Normatovning „Koʻhi tang hikoyalari“ (1977-yil), „Bisot“ (1982), „Jazo“ (1985), „Jarlikdan qushlar uchdi“ (1986), „Ismoil togʻaning tarozisi“ (1987), „Daraxt tagidagi odam“ (1988), „Barigal“, „Roʻzi Choriyevning soʻnggi vasiyati“, „Kamalak yashaydigan uy“, „Zulayxo daraxti“(2016) kabi goʻzal va betakror asarlari mavjud.
Tarjima qilingan asarlari
Shoir ijodining maftunkorligi va oʻziga tortishi chet ellik tarjimonlarni Nodir Normatov sheʼrlarini tarjima qilishga undab kelmoqda. Jumladan, „Kumush yongʻoqlar“, „Jazo“, „Ismoil toganing tarozisi“ qissalari va bir qator hikoyalari Sankt — Peterburglik yozuvchi Ganna Nemirko tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, „Golubiye orexi“ (1990) nomida chop etilgan.
Tarjimalari
Nodir Normatov ham tarjima sohasida sezilarli ishlar amalga oshirgan. Xususan, Suriya yodgorliklaridan „Pandnoma“ (G.Normatova hamkorligida), K.Paustovskiyning „Isaak Levitan“ qissasi, A.Nesinning „Lomakon“ pyesalarini mahorat bilan tarjima qilgan.
Mukofotlari
Yozuvchi badiiy ijoddagi yutuqlari uchun 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org