Nodir Jumayev




Nodir Hosiyatovich Jumayev (tugʻ.1976-yil 18-fevral, Toshkent) — oʻzbek moliyachisi, iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Hayoti



Nodir Jumayev 1976-yil 18-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan, 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Oʻzbek, ingliz va rus tillarini yaxshi biladi.

1996—2002-yillarda Markaziy bankda yetakchi iqtisodchi, boshqarma boshligʻi, soʻngra boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2002—2006-yillarda Toshkent moliya instituti dotsenti, kafedra mudiri.

2005—2009-yillarda Bank-moliya akademiyasi ilmiy ish professori.

2009—2010-yillarda Nodir Jumayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan. 2010-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.

2010—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, 2012—2015-yillarda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz