Nodir devonbegi madrasasi (Samarqand)




Nodir devonbegi madrasasi (asl nomi: Nadr devonbegi madrasasi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1630—31). Nodir devonbegi mablagʻiga qurilgan. Xoja Ahror xonakoxi yonida joylashganligidan baʼzan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri tushirilgani uchun kichik Sherdor Madrasa nomi bilan ham yuritiladi. Nodir Devonbegi madrasasi (Samarqand)m. bir qavatli, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh tarzidagi peshtoq ayvon bezaklariga oʻzaro uygʻunlashtirib feruza, yashil va sariq ranglarda mayda va jimjima-dor naqshlar bilan nafis bezatilgan. Gumbaz osti toqi va bagallari bezagida ustaning ijodiy erkinligi koʻzga tashlanadi. A. Haqqulov boshchiligida taʼmirlangan (1980).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz