Nodir devonbegi




 

Nodir Muhammad devonbegi (oʻzbekcha: Nadir Muhammad; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) — buxorolik siyosatchi, Arlat oʻzbek urugʻidan boʻlgan moliya vaziri.

Biografiyasi



Nodir Muhammad 1568-yil Buxoro xonligida (Buxoro) tavallud topgan. Nodir Muhammad ona tomondan ashtarxoniylar xoni Imomqulixonning amakisi boʻlib, devonbegi — moliya vaziri lavozimini egallagan, shuning uchun uni Nodir devonbegi togʻay deb ham atashgan. Amalda u xonning vaziri edi. Nodir devonbegi Arlat oʻzbek oilasidan chiqqan. 1632—1633-yillarda Samarqand viloyati hokimi bo'lgan.

Binolari



1619—1620-yillarda Nodir devonbegi hisobidan Buxoroda xonaqoh qurilgan. Ro‘parasida joylashgan Nodir devonbegi madrasasi bilan ko‘sh tuzdi. Labihouz ansambliga kiritilgan.

1622—1623-yillarda Nodir devonbegi Buxoroda karvonsaroy sifatida monumental bino qurdirgan, keyin esa u Nodir Devonbegi madrasasi sifatida aylantirilgan.

1632-yilda Samarqanddagi Xoja Ahror mozori yonida Nodir devonbegi katta madrasa qurishga kirishib, buning uchun xonaqoh elementlaridan foydalangan. Maʼnaviy-maʼrifiy muassasa qurilishi 1635—1636-yillarda tugallangan. Va yana Samarqand masjidi ham qurilgan

Oʻlimi



Imomqulixon umrining soʻnggi yillarida yomon koʻra boshladi va 1642-yilda ukasi Nodir Muhammad (1642—1645) foydasiga taxtdan voz kechdi va hajga boradi. Nodir Divonbegi Imomqulixonga safarda hamrohlik qildi. Imomqulixon 1644-yilda Makkada vafot etib, Madinada dafn etilgan. Nodir Muhammad devonbegi 1644-yil Makkada vafot etgan va jiyani yoniga dafn etilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




Зияев А. Х. «Силсилат ас-салотин» как исторический источник. Рукопись диссертации на соискание ученой степени кандидата исторических наук. — Ташкент, 1990.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz