Noasauridae
Noasauridae (talaffuzi: noazavrid) — boʻr va, ehtimol, yura davrlarida yashagan seratozavrlar turkumidan boʻlgan teropodli dinozavrlar oilasi. Odatda noasauridaelar mayda yirtqich va/yoki baliqxoʻr boʻlib, tana tuzilishi sodda boʻlgan. Ceratosaurialardan (serotozavr) farqli oʻlaroq, Limusaurus va Berthasaura turkumi fitofag yoki hamma narsa bilan oziqlanuvchi hayvonlar boʻlgan.
Noasauridae qoldiqlari Janubiy Amerika, Afrika (jumladan, Madagaskar), Osiyo va Avstraliyadagi konlardan topilgan. Eng yaxshi oʻrganilgan noasauridaelardan biri Madagaskarning yuqori boʻr davridagi Masiakasaurusdir. Yaxshi saqlangan qoldiqlar orasida Xitoyning yuqori yura davridagi Limusaurus va Braziliyaning quyi boʻr davridagi Bertasaura noasauridae oilasiga mansub deb hisoblangan.
Tasniflash
Noasauridae oilasi 1980-yilda paleontologlar Jose Bonapart va Jaime Pauell tomonidan Argentinaning Maastrixtlik yaruslaridan topilgan, shu jumladan bu oilaga faqat Noasaurus turi mansubligi aniqlangan. Tur va oilaning nomi ispancha Argentina shimoli-gʻarbiy nomidan olingan —
no roeste
A rgentina va qadimgi yunoncha: σαῦρος [sauros] — „kaltakesak“ degan maʼnoni bildiradi. Hozirgi vaqtda noasauridaes oilasiga Noasaurusga yaqinroq boʻlgan barcha teropodlar kiradi.
Tashqi taksonomiyasi
Dastlab Bonapart va Pauell Noasaurusni kichik oʻlchamda ekanligi (turli hisob-kitoblarga koʻra, uzunligi taxminan 1,5 yoki 3 m) uchun Coelurosauria guruhiga (selurozavr) mansub deya taxmin qilishgan. Zamonaviy filogenetik tahlillar noasauridaelar va abelisauraelar oʻrtasidagi yaqin munosabatlar haqida soʻz ochishga imkon beradi, shuning uchun bu ikki taksonni Abelisauria turkumiga bogʻlaydi.
Vang va boshqalar (2017) muqobil topologiyani qoʻllab-quvvatladilar, bu topologiyada abelisauridae (abelizavrid) lar noasauridaelar(noazavridlar) ga qaraganda ceratosauridae (serotozavr) larga yaqinroqdir. Delcourtning munozarali taksonomiyasida (2018) noasauridaelar, abelisauridaelar va ceratosauridaelarni oʻz ichiga olgan turkum Ceratosauroidea deb ataladi (takson Abelisauria / Abelisauroidea sinfiga mos keladi).
Ichki taksonomiyasi
Noasauridlarni ikkita asosiy turkumga (kichik oilalarga) ajratish mumkin:
Noasaurinae va
Elaphrosaurinae . Birinchi guruh Elaphrosaurus, Abelisaurus, Ceratosaurus yoki Allosaurus’dan koʻra Noasaurus va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan barcha taksonlar sifatida belgilanadi. Ikkinchi toifaga Noasaurus, Abelisaurus, Ceratosaurus yoki Allosaurus ga qaraganda Elaphrosaurus va unga yaqinroq boʻlgan barcha taksonlar kiradi.
Bir qator filogenetik tahlillar Elaphrosaurinae ni Abelisauroidea boʻlmagan bazal seratozavrlar (Ceratosauria) sinfi yoki turkumi sifatida aniqlagan.
Noasauridaelar guruhiga koʻplab turlar kiritilgan. Turlarning koʻpchiligi parcha-parcha qoldiqlardan aniqlangan boʻlib, bu ularning aniq tasnifini qiyinlashtiradi.
Filogeniya
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org