Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy




Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy (1270/1280 - Eron - taxminan 1370) -fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira janri) asoschisi. Zakon va Bagʻdoddagi bilim maskanlarida taʼlim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Z.ning "Navodir ul-amsol" ("Nodir masallar"), "Axloq ul-ashrof" ("Zodagonlar axloqi"), "Sad pand" ("Yuz nasihat") kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. "Mush-u-gurba" ("Mushuk ila sichqon") kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining koʻplab tillariga, shuningdek, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907 —09 yillarda bir necha bor chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz