Nizomiddin Ilyos
Ilyos G'ulomovich Nizomiddinov sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor.
Hayoti va hayotiy faoliyati
1930-yil 28-aprel Toshkenda tavallud topgan. 1946-1951-yillarda O'rta Osiyo davlat universiteti sharq fakultetining tarix bo'limida tahsil olgan. 1951-1954-yillarda SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan, 1955-yilda institut ilmiy kengashida “Сейстанский вопрос” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1976-yilda ToshDU tarix fakultetiga – O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. U yerda talabalarga O‘zbekiston tarixi, O‘zbekistonning xorijiy Sharq mamlakatlari bilan aloqalari hkurslaridan dars beradi.
I. Nizomiddinov 1981-yilda O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutining ilmiy kengashida "XV asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi va "Mo'g'ullar Hindistonda" degan mavzuda diddertatsiya yoqlab,tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Olimga 1976-yilda olimga dotsentlik va 1982-yilda esa professorlik ilmiy unvonlari berildi.
Tarixchi olimning o'z ijodiy faoliyati davomida 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va risolalar yozib chop etilgan.
I. Nizomiddinov 1987 yil 4 noyabrda vafot etdi.
Asosiy ilmiy ishlari: uz.wikipedia.org