Nizomiddin Bakirov




Nizomiddin Jalilovich Bakirov (tur. 1968-yil 30-dekabr, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek geodezisti va davlat arbobi. 2005-yildan 2017-yilgacha yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan. 2017-yil 27-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi.

Biografiya



Nizomiddin Bakirov Jalilovich 1968-yil 30-dekabrda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan. 1986-1993-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi boʻlgan. 1987-1988-yillarda armiyada xizmat qilgan. Mehnat faoliyatini 1993-yilda Andijon viloyati yer resurslari boshqarmasida yer ekspeditsiyasining er tuzish muhandisi sifatida boshlagan. 1995-yildan 1999-yilgacha Andijon viloyati yer resurslarini boshqarish bilan shugʻullangan. 1999-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat resurslari qoʻmitasi raisining yordamchisi, 2000-yildan boshlab Jizzax viloyati yer resurslari boshqarmasi boshligʻi. 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzdaverloyiha“ davlat yer tadqiqot loyihalash institutining Samarqand boʻlimini boshqargan. 2002-yildan 2004-yilgacha Samarqand, Sirdaryo va Andijon viloyatlari yer resurslari boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2005-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Nizomiddin Bakirov 2017-yil 27-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi etib tayinlandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz