Nizom Komil




Nizom Komil (Nizom Komilov) — taniqli tarjimon, muharrir. 1937-yil 12-dekabrda Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan.

Biografiyasi



Tarjimon Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)da tahsil olib, u yerni 1960-yilda tugatgan. Dastlab „Yosh gvardiya“ (hozirgi „Yangi asr avlodi“) nashriyotida muharrir va boʻlim mudiri vazifalarida, keyinchalik esa Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir hamda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida muharrir sifatida mehnat faoliyatini olib borgan. Nodar Dumbadze, Erix Mariya Remark, Fozil Iskandar, Irvin Shou, Aleksandr Belyayev kabi adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Tarjimonlik faoliyati



Nizom Komil tarjimasida chop etilgan asarlar roʻyxati:

Unvonlari



Nizom Komil adabiyot va tarjima sohasiga qoʻshgan hissalari uchun 1997-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Vafoti



Nizom Komil 2021-yilning 24-iyul kuni 84 yoshida vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz