Niyozmatov Ibodulla Abdullayevich




Ibodulla Abdullayevich Niyozmatov (1942.17.10, Xiva tumani-2003. 20.9, Urganch) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1971-yildan Xorazm musiqali drama teatrida ishlaydi. N. sahnalashtirgan spektakllar chuqur psixologik talqini, dra-matik toʻqnashuvlarning oʻtkirligi, voqealar rivoji va boshqa bilan diqqatga sazovor. "Abu Rayhon Beruniy" (Uy-gʻun), "Birovning tashvishi" (Oʻ. Hoshimov), "Monserro" (E. Robles), "Ibn Sino" (A. Shalomayev), "Nurxon" (K. Yashin va T. Jalilov), "Ajdodlar qilichi" (E. Samandarov), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Marvarid taqqan ayol", "Feruz" (K.Avaz, O. Ibrohimov) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz