Nivetha Thomas
Nivetha Thomas (talaffuzi: Niveta Tomas; 1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — telugu, malayalam va tamil tillarida suratga tushgan hind aktrisasi. U 2008-yilda malayalam tilidagi Veruthe Oru Bharya filmida bola aktrisa sifatida oʻzining kino debyutini qilgan va buning uchun u „Eng yaxshi bola aktrisasi“ sifatida Kerala State Film mukofotini qoʻlga kiritgan.
U Chaappa Kurishu (2011), Romans (2013), Jilla (2014), Papanasam (2015), Gentleman(2016), Ninnu Kori (2017), Jai Lava Kusa (2017) 118(2019), Brochevarevarura (2019), V (2020) va Vakeel Saab (2021) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
Faoliyati
U oʻz faoliytini bola aktrisa sifatida boshlagan, Thomas Sun TVning "My Dear Bootham" nomli mashxur teleserialida rol ijro etgan. Shundan soʻng, u Veruthe Oru Bharyada Jayaramning qizi rolini ijro etgan, filmdagi uning roli yaxshi baholangan. Keyin u asosan ikkinchi darajali rollarni ijro etgan bir nechta Tamil va Malayalam filmlariga imzo chekkan. Uning malayalam tilidagi Chaappa Kurish va Thattathin Marayathu nomli filmlari bor. 2011-yilda rejissor Samuthirakani tomonidan suratga olingan Poraali tamil filmida u benzin ombori xodimi Tamizhselvi rolida aks etgan. U avval Samuthirakani bilan Arasi drama serialida ham hamkorlik qilgan edi.
2013-yilda Thomas Romans filmida rol oʻynagan, film juda muvaffaqiyatli boʻlgan va Sify.com tomonidan „blokbaster“ deb nomlangan. Tamilcha zamonaviy fantastik komediya Naveena Saraswathi Sabatham filmida u intiluvchan qoʻshiqchi Jaishrining ayol bosh rolini ijro etgan. Jillada u otasiga (Mohanlal), Vijay va Mahat oʻynagan ikki akasiga juda bogʻlangan Mahalakshmi rolini ijro etgan. Oʻzining roli haqida u „shunchaki singil roli“ emas, balki „akasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan kuchli irodali qiz“ ekanligini aytgan. U oʻzining birinchi telugu filmi — Ajay Vodhirala rejissori boʻlgan Juliet Lover of Idiot filmiga imzo chekkan. U Papanasam nomli Drishyamning Tamil remeykida Kamol Haasanning toʻngʻich qizi rolini ijro etgan va uning ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan. 2021-yil iyul oyidan boshlab Thomas Regina Kassandra bilan birgalikda Sudheer Varma tomonidan suratga olingan Shankini Dakini, Koreyaning Midnight Runners filmining telugu tilidagi talqini uchun suratga tushmoqda.
Filmografiyasi
Filmlar
Manbalar
uz.wikipedia.org