Nivetha Pethuraj




Nivetha Pethuraj (talaffuzi: Niveta Peturaj; 1990-yil 30-noyabrda tugʻilgan) — hind aktrisasi va modeli boʻlib, telugu va tamil filmlarida suratga tushadi. U Oru Naal Koothu (2016) filmidagi roli bilan aktyorlik debyutini qilgan. Uning muvaffaqiyatli filmlari orasida Podhuvaga En Manasu Thangam (2017), Mental Madhilo (2017), Tik Tik Tik (2018) , Chitralahari (2019), Brochevarevarura (2019) va Ala Vaikunthapurramuloo (2020) filmlari bor.

Yoshligi



Nivetha Pethuraj Tamilnad shtatining Maduray shahrida tugʻilgan. Uning otasi aralash tamil va telugu, onasi esa tamil millatiga mansub. U tugʻilgandan soʻng, uning oilasi Kovilpatti shahriga koʻchib oʻtgan va Nivetha oʻsha yerning maktabida tahsil olgan. 11 yoshida u ota-onasi bilan BAAning Dubay shahriga koʻchib oʻtgan va Crescent English maktabida oʻqishni davom ettirgan. U Dubayda taxminan 10 yil yashagan. Nivetha Edinburghdagi Heriot-Vatt universitetida menejment yoʻnalishida bakalavr darajasini olgan. 2015-yilda u Miss India UAE tanlovida gʻolib chiqqan.

Faoliyati



Nivetha aktyorlik debyutini Oru Naal Kootu (2016) Tamil dramasida qilgan. Keyingi yili u Tollywoodda Mental Madhilo filmida debyut qildi. Uning keyingi rol ijro etgan filmlari orasida Podhuvaga Emmanasu Thangam (2017) fimli va Tik Tik Tik kosmik fantastik trilleri bor. 2019-yilda u Vijay Chander rejissyori boʻlgan, bosh rolni esa Vijay Sethupathi ijro etgan Sangathamizhan Tamil filmiga imzo chekkan, film va uning ijrosi tanqidchilarning turli sharhlarini olgan. 2021-yilda Nivetha aktyor/aktrisalar Ram Pothineni, Malvika Sharma, Amritha Aiyer bilan birgalikda, Kishore Tirumala rejissori boʻlgan Red filmida suratga tushgan.

Filmografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz