Niso surasi




Niso surasi (arabcha: سورة النساء, nomining maʼnosi — Ayollar[8][9]) — Qurʼonning 4-surasi. Madaniy suralardan biri, 176 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 77–106-sahifasida va 4-6-juzida joylashgan. 92-boʻlib nozil boʻlgan.
Bu sura uzun suralardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning ichki va tashqi ish faoliyatlariga doir shariat ahkomlari bilan toʻla bir suradir. Unda ayol, uy, oila, davlat, jamiyatga aloqador boʻlgan muhim masalalarga javob beriladi hamda birovlarning qaramogʻidagi yetim-yesirlar va ularning haq-huquqlari toʻgʻrisida soʻz boradi. Bu surada shuningdek, meros hukmlari ham batafsil bayon qilindi.

Bulardan tashqari, er-xotin oʻrtasidagi aloqalar — ularning bir-birlari oldidagi huquq va burchlari hamda er oilada boshliq ekani va bu huquqdan u qanday foydalanishi lozimligi haqida yoʻl-yoʻriqlar beriladi. Soʻngra oila doirasidan jamiyat miqyosiga chiqib, jamiyat mustahkam boʻlishi uchun kishilar oʻrtasida birdamlik va mehr-shafqat, xolislik va bagʻrikenglik barqaror boʻlishi zarurligi oʻziga xos uslubda uqtiriladi. Bu surada
boshqalardagiga nisbatan ayollarga oid shariat hukmlari koʻp va batafsil bayon etilganligi sababli unga „Niso“ nomi berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz