Nishon Cho‘li




Nishon choʻli - Qashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida (Qarshi choʻlining jan.da)gi choʻl. Yer yuzasi tekislik va qirlar (Qoraqir, balandligi 500 m gacha, Doʻltalitogʻ, balandligi 510 m gacha, Alouddintogʻ, balandligi 485 m gacha) dan iborat. Qirlar vaqtincha suv oquvchi soy va jarliklar bilan parchalangan. Qoraqirning soy va jarlar bilan zich va chuqur kesilgan sharqiy qismi "Sakson-dara" deb ataladi. Tekislik qismida taqirlar ham uchraydi. Choʻlning tekislik qismi toʻrtlamchi davr, qirlar esa boʻr va paleogen davrlari togʻ jinslaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz