Nishiyama hayvonot bogʻi
Sabae shahrida joylashgan
Nishiyama hayvonot bogʻi (yaponcha: 鯖江市西山動物園 Sabae-shi Nishiyama Dōbutsuen?) — Yaponiyaning Fukui prefekturasi, Sabae shahridagi kichik hayvonot bogʻlaridan biri hisoblanadi. Kirish bepul boʻlgan munitsipal hayvonot bogʻi past tepalikda (Nishiyama parki) joylashgan. Hayvonot bogʻi oʻzining qizil pandalari bilan mashhur, mazkur tur shaharning rasmiy hayvoni sifatida tan olingan. Shuningdek, ushbu tur hukumat tomonidan muhofaza qilinadigan turlar sirasiga ham kiritilgan.
Qizil pandalar
Kichik oʻlchamiga qaramay, hayvonot bogʻi Yaponiyadagi qizil pandalarning eng asosiy maskanidir: 2018-yil holatiga koʻra bu yerda jami 11 ta panda istiqomat qilgan. Ular 1984-yilda Pekin hayvonot bog'i tomonidan sovgʻa qilingan juftlikning avlodlari hisoblanadi. Ilk juftlik Nishiyama hayvonot bogʻiga rasman ochilishidan bir yil oʻtgach olib kelingan (garchi bogʻda korpuslar allaqachon tayyor boʻlgan boʻlsa ham). Hayvonot bogʻidagi eng yosh pandalar ilk hadya sifatida keltirilgan pandalarning yettinchi avlodidir.
Pekin hayvonot bog‘i keyinchalik bu hayvonot bog‘iga qizil tojli turnalar (1985), Fransua langur (1987) va lar gibbonlarni (1991) sovg‘a qildi. Shuningdek, hayvonot bogʻida qora sinkap maymunlari, qirgʻovullar, yapon turnalar va tovuslar ham yashaydi.
Joylashuv
Hayvonot bogʻi Nishi-Sabae stantsiyasidan (janubda) va Nishiyama-Kōen stantsiyasidan (sharqda) taxminan 0.5 km uzoqlikda joylashgan. U ertalab soat 9 da ochiladi va dushanbadan tashqari deyarli har kuni soat 16:30 ga qadar faoliyat yuritadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org