Nisha Mohota




 

Nisha Mohota (1980-yil 13-oktabrda Xingangxat shahrida tugʻilgan) — hindistonlik shaxmatchi ayol, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U Gʻarbiy Bengaliya shtatidan chiqqan birinchi WGM unvoniga ega shaxmatchi hisoblanadi.

Shaxmatdagi karyerasi



Nisha Mohota 1995-yil 26-aprelda 14 yosh, 6 oy va 13 kunlik vaqtida eng yosh ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga erishdi. 1996-yil dekabr oyida Nisha oʻsha paytdagi Hindiston Bosh vaziri HD Deve Gouda tomonidan koʻp yillardan buyon orzu qilingan unvonga erishganligi uchun pul mukofoti bilan taqdirlandi. Nisha Hindistonning eng yosh WIM rekordini 1999-yilgacha, to Koneru Humpy tomonidan yangilanganiga qadar oʻzida saqlab qoldi.

Nisha 2001 va 2008-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. 2005-yilda Nisha Mohota ayollar shaxmati boʻyicha Hindiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Nisha Mohota Hindiston terma jamoasi safida 2004, 2008 va 2010-yillardagi ayollar olimpiadalarida va 2013-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionatida qatnashgan. Shuningdek, NIsha 2003, 2005, 2008, 2001 va 2001-yillardagi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida ham faol ishtirok etgan.

Britaniyalik grossmeyster Nayjel Short tomonidan shaxmatchi ayollarga nisbatan bildirilgan bir qator izohlarga eʼtiroz bildirgan Nisha Moxota ayollarning teng huquqliligi va shaxmatda ayollar duch keladigan muammolar haqida gapirib oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz