Nirmala Sitharaman
Nirmala Sitharaman — hind davlat va siyosat arbobi. 2019-yil 30-maydan Hindiston moliya vaziri .
Hindiston parlamenti yuqori palatasining aʼzosi. Ilgari u Hindiston mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan va shuningdek mamlakatda ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol hisoblanadi.
Taʼlim
Nirmala Sitharaman Hindistonning Madurai shahrida oʻrta hol oilada tugʻilgan . U 1980 yilda Seethalakshmi Ramasvami kollejida iqtisod boʻyicha bakalavr darajasini va 1984 yilda Dehlidagi Javoharlal Neru universitetida iqtisod boʻyicha sanʼat magistrini oldi.
Siyosiy martaba
U 2006 — yilda Bharatiya Janata partiyasiga aʼzo boʻldi va 2010 — yilda uning matbuot kotibi etib tayinlandi . 2014- yilda u Bosh vazir Narendra Modi kabinetiga kichik vazir sifatida ishlay boshladi. Shuningdek 2014-yil iyun oyida u Hindiston parlamentining yuqori palatasi deputati etib saylandi. 2016-yil may oyida u parlamentning yuqori palatasiga saylovda Bharatiya Janata partiyasidan 12 nomzoddan biri bo‘ldi va o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli saqlab qoldi . 2017-yil 3-sentabrda u Hindiston mudofaa vaziri etib tayinlandi va shu tariqa ushbu lavozimni egallagan Indira Gandidan keyin mamlakatdagi ikkinchi ayolga aylandi.
2019-yil 31-mayda u Moliya va korporativ ishlar vaziri etib tayinlandi . U mamlakatda moliya vaziri lavozimini egallagan birinchi ayol boʻldi . 2019-yil 5-iyulda u Hindiston parlamentiga birinchi byudjet rejasini taqdim etdi. Hindistonda koronavirus pandemiyasi paytida u iqtisodiy javob guruhi rahbari etib tayinlandi .
Siyosatdan tashqari karyera
Nirmala Sitharaman Londondagi Habitat uy bezaklari doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan . Buyuk Britaniyadagi faoliyati davomida u PricewaterhouseCoopers kompaniyasida katta menejer boʻlib ishlagan, soʻngra qisqa muddat davomida BBC Jahon xizmatida ishlagan .
2017-yilda u Ayollar boʻyicha milliy komissiyasi aʼzosi boʻldi .
Mukofotlar
2019-yilda Javoharlal Neru universiteti Sitharamanga „Ajoyib bitiruvchilar“ mukofotini topshirdi . 2019-yilda Forbes jurnali Sitharamanni dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollar orasida 34-oʻringa qoʻydi .
oila
Nirmala Sitharaman turmush o‘rtog‘i Parakala Prabxakar bilan Javoharla‘l Neru universitetida o‘qiyotganda tanishgan. 1986-yilda ular turmush qurishdi va er-xotinning qizi tugʻildi
Manbalar
uz.wikipedia.org