Nineviya




Nineviya (Ninua, Ninn) — qad. Ossuriyadagi shahar (hozirgi Iroqdagi Mosul shahri yaqinida). Miloddan avvalgi taxminan 5-ming yillikda asos solingan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikdan mixxat hujjatlarida qayd etilgan. Savdo yoʻllari kesishgan yerda joylashgani uchun Old Osiyoning tarixida muhim rol oʻynagan. Miloddan avvalgi 9-asrdan ossuriy shohlari qarorgohi. N.ning yuksalishi va ravnaq topishi, uni Ossuriya davlati va "jahon"ning poytaxtiga aylanishi miloddan avvalgi 8—7-asrlarga oiddir (Sinaxerib va uning vorislari davrida). N.ning shim. qismida Sinaxeribning "jan.-gʻarbiy saroyi" va ichki qismi devorlari harbiy, ov va maishiy saqnalarni aks ettirgan juda koʻplab barelyeflar bilan bezatilgan. Ashshurbanipalning hashamatli "shim. saroyi" joylashgan. Ash-shurbanipal saroyida davlat arxivi va podshox. kutubxonasi boʻlgan. Kutubxonada 20 mingdan ziyod "kitob" — mixxat sopol jadvalchalar boʻlgan. N.ning jan. qismida Ishtar maʼbudasining markaziy sajdagox.i — Emishmish ibodatxonasi (miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlab qayd etilgan) va podshoh Asarxaddon saroyi qurilgan. Miloddan avvalgi 612 yil N. Yangi Bobil podshosi Nabopalasar va Midiya podshosi — Kiaksar tomonidan yer bilan yakson qilingan. Rimliklar N. oʻrnida Claudia Ninus harbiy koloniyasi (manzilgohi)ni barpo etganlar. N. harobalari Kuyunjik shahar harobasida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz