Nina Gill
Nina Gill , CBE - Britaniyadagi Mehnat partiyasi siyosatchisi. U dastlab 1999-yildan 2009-yilgacha, so'ngra 2014-yildan 2020-yilgacha G'arbiy O'rtayerlar uchun Yevropa Parlamenti (MEP) a'zosi bo'lib ishlagan.
Yoshligi va karyera
Gill Hindistonning Panjob shtatining Luiziana shahrida tug'ilgan. U o'n yoshida oilasi bilan Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)ga ko'chib kelgan. Uning otasi tadbirkor edi. Gillning birinchi ishi 16 yoshida kutubxonada ishlash bo'lgan. U 1979-yilda Liverpuldagi Joon Moores universitetini tamomlagan va ijtimoiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan U talabalar uyushmasining vitse-prezidenti edi. Keyinchalik Gill 1984-yilda Chartered Housing Institutida aspiranturada o'qidi va 1996-yilda London biznes maktabida yuqori darajali boshqaruv dasturini tamomladi.
O'qishni tamomlagandan so'ng, Gill stajyor hisobchi sifatida ish boshladi lekin faqatgina 6 hafta ishladi xolos, keyin Ealing London Borough Councilda uy-joy bo'limi bo'yicha ishladi. 29 yoshida Gill ASRA guruhining bosh ijrochi direktori bo'ldi va bu uni Buyuk Britaniya uy-joy assotsiatsiyasining birinchi ham ayol, ham oq tanli bo'lmagan va eng yosh ijrochi direktoriga aylantirdi."One of a kind". Politico. 2 April 2003. Retrieved 17 September 2019./> Keyinchalik u Newlon Housing Group kompaniyasining bosh direktori bo'lib ishladi.
Yevropa parlamenti
Leyboristlarning 1997-yildagi saylovlardagi muvaffaqiyatidan oldin, Gill partiyaning ijtimoiy siyosatini ishlab chiqishda yordam berish uchun leyboristlarning kabinet a'zolari bilan birga ishlagan. 1999-yilda u Yevroparlamentda osiyolik birinchi ayol deputat etib saylandi. 1999 va 2009-yillar oralig'ida G'arbiy O'rtayer vakili sifatida Gill turli lavozimlarda ishladi, jumladan Hindiston bilan aloqalar bo'yicha va Janubiy Osiyo va SAARC mamlakatlari bilan aloqalar bo'yicha delegatsiya prezidenti bo'lib faoliyat olib bordi. Shuningdek, u Huquqiy masalalar qo'mitasi va Byudjet qo'mitasining a'zosi edi.
Gill 2009-yilda uchinchi muddatga Yevroparlament deputati sifatida qayta saylanish istagida edi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi Parlamentda ishlamayotgan paytida u SAS dasturiy ta'minot kompaniyasining korporativ ishlar (Yevropa va Osiyo Tinch okeani) bo'yicha vitse-prezidenti bo'lib ishlagan.
2014-yilda u G'arbiy O'rtayer uchun ikki leyborist deputatdan biri (ikkinchisi Siyon Simon) etib qayta saylandi. Bu muddat davomida u Iqtisodiy va valyuta ishlari bo'yicha qo'mitaning, soliq qarorlari, moliyaviy jinoyatlar, soliq to'lashdan bo'yin tovlash va qochish bo'yicha maxsus qo'mitaning a'zosi sifatida faoliyat yuritgan, bundan tashqari, u Hindiston va AQSh o'rtasidagi aloqalar bo'yicha delegatsiyaning bir qismi edi. Ayniqsa u moliyaviy jabxalarni tartibga solish bo'yicha faol bo'lgan va 2015-yilgi Yevropa pul bozori fondlari (MMF) ni tartibga solish jarayonida reportyor sifatida ishlagan.
2017-yilda Gill Hindiston hukumati tomonidan NRI'larga beriladigan eng yuqori mukofot boʻlgan Pravasi Bharatiya Sammanning Buyuk Britaniyadagi ikki gʻoliblaridan biriga aylandi (ikkinchisi konservativ deputat Priti Patel edi). Xuddi shu yili u 2017-yilgi Yangi yil bayrami taqdirlash marosimida Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qo'mondoni etib tayinlandi. 2018-yil iyul oyida esa Gill Liverpul John Moores universitetining faxriy a'zosi bo'ldi.
U 2019-yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida Gʻarbiy O'rtayer uchun leyboristlar deputatlarining yagona vakili sifatida qayta saylangan. Gill Iqtisodiy va valyuta masalalari qo'mitasining a'zosi sifatidagi ishini davom ettirdi. 2019-yil sentabr oyida Gill Yaponiya bilan aloqalar boʻyicha delegatsiya tarkibiga rais sifatida va ACP-YEI qoʻshma parlament assambleyasiga rais oʻrinbosari va ilmiy-tadqiqot koordinatori sifatida qoʻshildi.
Shaxsiy hayot
U 1982-yilda atrof-muhit bo'yicha maslahatchi doktor Jon Taunerga turmushga chiqdi va ularning bir o'g'li bor. Ular 2009-yilda ajrashishdi
Manbalar
uz.wikipedia.org