Nimik-6
"
Nimik-6 " (inglizcha: Nimiq-6 — Kanadaning Telesat sunʼiy yoʻldosh operatoriga tegishli tijorat geostatsionar telekommunikatsiya sunʼiy yoʻldoshidir.
Sunʼiy yoʻldosh mijozi Bell TV ning toʻgʻridan -toʻgʻri video operatori -Telesatning eksklyuziv foydalanishi uchun moʻljallangan. Kosmik kema 91,1 ° Vt orbital pozitsiyasidan Kanadaga yuqori aniqlikdagi televideniye va boshqa zamonaviy televidenie xizmatlarini uzatish uchun 32 Ku-diapazonli transponderni olib yuradi.
Nomining kelib chiqishi
"Nimiq" inuitcha soʻz boʻlib, predmetlarni bir joyga jamlab, ushlab turuvchi obyekt yoki kuchni bildiradi. Ushbu nom 1998-yilda mazkur sunʼiy yoʻldoshlar turkumi uchun eng yaxshi nom tanlovida 36 000 taklif ichidan tanlangan.
Tuzilishi
Nimik-6 ning foydali yuki 32 ta yuqori quvvatli Ku diapazonli transponderlarni oʻz ichiga oladi. Litsenziyaga koʻra, sunʼiy yoʻldosh 12,2-12,7 va 17,3-17,8 gigagertsli chastota diapazonlarida ishlaydi. Ku-bandining qamrov maydoni Kanadaning butun hududini (Geostatsionar sunʼiy yoʻldoshlar kirish imkoniga ega boʻlmagan Shimoliy Kanada hududlari bundan mustasno) va Amerika Qoʻshma Shtatlarining shimoliy shtatlarini qamrab oladi.
Nimik-6 kosmik kemasi Space Systems / Loral 1300 platformasida ishlab chiqilgan boʻlib, uning faollik muddati 15 yildan ortiq qilib belgilangan. Sunʼiy yoʻldoshning dastlabki massasi 4745 kg.
Sunʼiy yoʻldoshning uchirilishi
Sunʼiy yoʻldoshning muvaffaqiyatli uchirilishi International Launch Services (ILS) tomonidan Briz-M yuqori pogʻonasiga ega Proton-M raketasi yordamida amalga oshirildi. Bu jarayon 2012 -yil 17-may kuni, Moskva vaqti bilan soat 23:12 da, Baykonur kosmodromining 81L (PU № 24) maydonchasida boʻlib oʻtdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org