Nimcha




Nimcha — xotin-qizlarning yengsiz va yoqasiz kalta ustki kiyimi; koʻylak ustidan kiyiladi. Bichimi turlicha — oldi ochiq (uchburchak shaklda chuqur oʻyilgan), tugmachali, avra-astarli, baʼzan ikki yonida choʻntaklar qilingan. Avrasi baxmal, parcha, kimxob, shoyi va boshqa matolardan, astari ip matolardan tayyorlanadi; duxobadan yoqali va yoqasiz qilib, baʼzan orasiga yupqa paxta solib qavib paxtali N.lar ham tayyorlanadi. Kashta tikib bezatilgan (zardoʻzi N., iroqi N. va boshqalar) turlari hozirda ham keng tarqalgan. N. qizlarning sepiga kirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz