Nilufar Zokirova
Nilufar Obidjonovna Zokirova (tugʻ. 15-iyun 1997-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi-kanoechi yakkalik va juftlik, asosan 200 va 500 metrga suzish boʻyicha, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari va jahon chempionati sovrindori, XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Martaba
U kanoeda eshkak eshishno ilk bora bosh murabbiyi Aleksandr Jujgov rahnamoligida boshladi, 2014-yildan buyon esa u terma jamoada Rustam Mirzadiyarov qoʻl ostida Toshkentning Boʻzsuv kanali shugʻullanishni davom ettirdi.
2017-yili Shanxayda (Xitoy) eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Dilnoza bilan juftlik bahslarida 200 metrga suzishda oltin, 500 metrga suzishda kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida Dilnoza Rahmatova bilan juftlik bahslarida 500 metrga suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2019-yili Pitesti (Ruminiya) shahrida eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida Dilnoza Rahmatova bilan juftlik yoʻnalishida 43,340 soniya natija koʻrsatib, 200 metrga suzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Vengriyaning Cegled shahrida eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatining juftlik yoʻnalishida Dilnoza bilan 200 metrga suzishda u 46,60 soniya natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular 500 metr masofaga beshinchi oʻrinni egalladilar va shu tariqa Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma bilan taqdirlandi. Oʻsha yili Moskvada 500 metr masofaga oʻtkazilgan Rossiya Prezidenti kubogida Dilnoza 1:59,046 daqiqa natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda Duysburgda (Germaniya) eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida 500 metr masofaga dastlabki poygada Dilnoza Rahmatova bilan juftlikda toʻrtinchi natijani (2: 04,854 daqiqa) koʻrsatib, chorak finalga yoʻl oldi. Chorak finalda ular suzish boʻyicha ikkinchi natijani (2: 04,450 daqiqa) koʻrsatdi va yarim finalga yoʻl oldi.
200 metr masofaga yakkalik bahslarida Nilufar chorak finalda oltinchi natijani (48,995 soniya) koʻrsatdi va oʻz chiqishlarini yakunladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org