Nilufar Yoqubboyeva




Nilufar Yoqubboeva (2000-yil, 29-avgust, Toshkent, Oʻzbekuston) — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020-yil). Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2019-, 2020-, 2021-yillar).

Biografiyasi



Nilufar Yoqubboyeva ketma-ket uch yil: 2019-, 2020- va 2021-yillarda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqqan shaxmatchidir. 2021-yilning iyul oyida Nilufar Yoqubboyeva Sochi shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon kubogida ishtirok etib, 1-raundda perulik shaxmatchi Deysi Cori Telloga 0,5:1,5 hisobida magʻlub boʻlgandi. Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE uni 2020-yilda ayollar xalqaro ustasi (WIM) unvoniga loyiq deb topadi.

Oilasi



Nilufar Yoqubboyevaning shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida bir necha bor gʻolib chiqqan Nodirbek Yoqubboev ismli ukasi bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz