NILFIYA
NILFIYA, nimfeya (Nymphaea) — nilfiyadoshlarga mansub suv o’simliklari. Ko’p yillik ildizli, barglari etli, uzun bandli, yuraksimon, suv betida suzib yuradi. Guli yakka, yirik, gulbandi uzun, kosachabargi yashil, gulbargi har xil rangli. Mevasi sharsimon, etli, ko’p urug’li. Butun yer yuzida 40 dan ortiq turi bor. O’zbekistonda Amudaryo havzasida uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz