Nikomax axloqi
"
Nikomax axloqi ", yoki "
Nikomax etikasi " (yunoncha Ἠθικὰ Νικομάχεια) - Aristotelning axloqqa bag'ishlangan uchta kitobidan biri.
Kitobning "Nikomax axloqi" deb nomlanishiga sabab sifatida uning dastlab taxminan miloddan avvalgi 300-yilda Aristotelning o'g'li Nikomax tomonidan nashr qilinganligini ko'rsatishadi. Mazkur asar Aristotel tomonidan o'g'li Nikomaxga, yoki faylasufning otasiga (uning ham ismi Nikomax bo'lgan) bag'ishlangan, deb ehtimol qilinadi.
Tarkibi
Birinchi kitob
Aristotel birinchi kitobni ezgulikni ta'riflashdan boshlaydi va uni "barcha intiluvchi narsa" deb ataydi. Ezguliklar orasidagi farqlarga (sog'liq, boylik yoki g'alaba) qaramasdan, oliy ezgulik turi mavjud bo'lib, uni Aristotel davlat ezguligi deb ataydi. Ezgulikning yakka holdagi ko'rinishi baxt (εὐδαιμονία) hisoblanadi va baxtni u ezgulikka to'lgan jonning faoliyati (ψυχῆς ἐνέργειά τις κατ᾽ ἀρετὴν τελείαν) deb ta'riflaydi. Davlat va alohida inson ezguligi bir-biri bilan bog'liq, zero baxt uchun "tashqi ezgulik" va muayyan darajada ezgulikka yo'naltirilgan tarbiya zarurdir.
Ikkinchi kitob
Aristotel barcha fazilatlarni axloqiy (ἠθικῆς, etik, axloqiy) va mushohadaviy (διανοητική, dianoetik) turlarga bo'ladi. Fazilatlar tug'ma bo'lmay, balki tarbiya va ta'lim orqali o'zlashtiriladi. Davlatning vazifasi esa aynan o'sha fazilatlarni fuqarolarga singdirishdir. Fazilatlarning tabiati shundayki, Ortiqchalik ham, yetishmovchilik ham ularni yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Qaysidir darajada ular hissiyotlarni jilovlashda o'z aksini topadi. Shunday qilib, har bir fazilat ikki qutblar orasidagi oltin o'rtaliklardan iborat bo'ladi.
Uchinchi kitob
Uchinchi kitob fazilatlarning ixtiyoriy xususiyati muhokamasidan boshlanadi, zero faqatgina ixtiyoriy bajarilgan ishgina maqtovga sazovor bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, fazilat o'z ichiga ezgulikni tushunish, ezgulikni tanlash (προαίρεσις) va ezgilik qilishga ixtiyor etishni nazarda tutadi. Ko'rib chiqiladigan birinchi fazilat mardlik (ἀνδρεία) hisoblanib, u qo'rquv (φόβους) va ortiqcha manmanlik (θάῤῥη) orasidagi o'rtaliq (μεσότης) hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org