Nikoleta Kyriakopoulou




Nikoleta 'Nikol' Kiriakopoulou (grekcha: Νικολέτα Κυριακοπούλου , 1986-yil 21-martda tugʻilgan) — grek tayanib sakrash ustasi.

Sportdagi faoliyati



Nikoleta Kyriakopoulou 30ga yaqin musobaqalarda ishtirok etgan va ularning barida Gretsiya nufuzini himoya qilgan. U 2004-yili Grosseto shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4.00 metrlik natija koʻrsatib oltinchi oʻrinni egallaydi. Keyingi yili Nikoleta Kyriakopoulou Kaunasda oʻtkazilgan Yevropa oʻsmirlar chempionatida yana shu natija bilan yettinchi oʻringa loyiq koʻrildi. 2007-yilgi Bangkokda boʻlib oʻtgan Universiadada uning natijalari tushib ketdi, 3.90 metrlik koʻrsatkich bilan oʻn uchinchi oʻrinda oʻyinni yakunladi.

Nikoleta Tokio-2021 Olimpiadasida 8-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Nikoleta Kyriakopoulou 2015-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 4,80 metrga sakrab bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yilgi mavsumda u barni 4,83 metrga koʻtarib, beshta Gretsiya rekordini (ichki va tashqi) oʻrnatdi. Oʻsha yili Nikoleta Kyriakopoulou IAAF olmos ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan birinchi yunon sportchisi sifatida etirof etildi.

Nikoleta Kyriakopoulouning yirik musobaqadagi ilk muvaffaqiyati 2012-yilda Helsinkidagi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Bir yil avval, 2011-yilda u Tegu shahrida boʻlib oʻtgan IAAF jahon chempionatida 8-oʻrinni egallagan edi. Nikoleta Kyriakopoulou, shuningdek, 2009-yilda Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 4,50 metrlik rekord bilan gʻoliblikka sazovor boʻldi, oʻsmir sportchi sifatida esa 2004-yilda Grossetoda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 6-oʻrinni egalladi.

2017-yilda Nikoleta Kyriakopoulou farzandi dunyoga kelgach, sportda uzilishlar yuz berdi va 2018-yilgi musobaqalarga qaytishini rasman eʼlon qildi. Nikoleta Kyriakopoulou 2018-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali va 2019-yili Glazgodagi Yevropa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro musobaqalar




Shaxsiy eng yaxshi natijalar




Shaxsiy hayoti



Nikoleta turmushga chiqqan va bir qizi bor.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz