Nikolay Zaprometov




Zaprometov Nikolay Georgiyevich (1893.25.12, Toshkent — 1983.1.4, Moskva) — entomolog, fitopatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1943), professor (1929). Petrograd universitetini tamomlagan (1916). Turkiston entomologiya styasida ilmiy xodim, Oʻsimliklarni himoya qilish tajriba styasi ftopatologiya boʻlimi mudiri (1918—29). SoyuzNIXI oʻsimliklarni himoya qilish styasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1929—31). 3. Oʻzbekistonda fitopatologiya va mikologiya maktabini yaratganlardan biri. Ilmiy ishlari, asosan, mikroflora, zararli fitopatologik mikroorganizmlarning morfologiyasi, biol.si, sistematikasi, madaniy oʻsimliklarning, jumladan, gʻoʻzaning zamburugʻli, bakteriyali kasalliklariga qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. == Manbalar ==

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz