Nikolay Yablonovskiy




Nikolay Mixaylovich Yablonovskiy (1908.20.12, Don viloyati Morozov stansiyasi — 1971.1.1, Toshkent) — pianinochi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva konservatoriyasini (1934), uning Oliy mahorat maktabini (1936) tugatgan. 1938-yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1952-yildan professor), kamer xonandalik sinfining tashkilotchisi, kamer musiqa kafedrasi mudiri (1954— 71); shuningdek, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi va Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakkaxon sozanda boʻlgan. Ya., ayniqsa, qadimiy klavesin musiqasi hamda Gaydn, Motsart, Shopen, List, Ravel, Debyussi, Musorgskiy, Stravinskiy va boshqalarning fortepiano asarlarini mohirona talqin etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz