Nikolay Xlibko
Nikolay Selivestrovich Xlibko (1919-yil 28-noyabr, Toshkent — 1993-yil 17-noyabr, Nijniy Novgorod) — sovet teatr aktyori va oʻqituvchisi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1971).
Ulug Vatan urushi qatnashchisi.
Tarjimai holi
1919-yil 28-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan.
1938-1946-yillarda — Leningrad teatr instituti talabasi. Institutda oʻqiyotganda Ulugʻ Vatan urushi boshlangan. 3-kursda ixtiyoriy ravishda xalq militsiyasi diviziyasida jangga borgan. Natsistlarning oʻqi uning oʻng oʻpkasini teshib oʻtib, moʻ’jizaviy tarzda tirik qolgan. Urush tugashi bilan institutga qaytib, uzilib qolgan oʻqishni tugatgan.
Arkadiy Raykindan taklif olgan, uning rahbarligida 3 yil davomida Leningrad davlat miniatyura teatrida ishlagan.
1956-1958-yillarda — Toshkent rus drama teatri aktyori.
1962-1990 yillarda — Gorkiy nomidagi drama teatri aktyori.
Toshkent politexnika instituti drama jamoasining badiiy rahbari. Aynan Nikolay Xlibko 1950-yillarning oxirida havaskor teatr jamoasi yordamida Mayakovskiyning „Klop“ va „Misteriya Buf“ pyesalarini sahnaga qaytargan. Toshkent rus drama teatrining butun jamoasi „Klop“ spektaklining talabalik premyerasida qatnashgan, bu spektaklda Nikolay Xlibko „Prisypkin“ rolini ijro etgan, keyin Moskva satira teatrida va mamlakatning koʻplab boshqa teatrlarda „Klop“ spektakli sahnalashtirilgan. Shunday qilib, Nikolay Selivestrovich Xlibkoning yengil ijodiy qoʻli bilan Mayakovskiyning „Klop“ asari koʻp yillik taqiq va unutilishdan soʻng, sahnada „gʻalabali yurish“ni boshlandi. 1957-yilda, 30 yillik tanaffusdan soʻng, Nikolay Xlibko „Misteriya Buf“ni sahna hayotiga qaytargan. „Teatralnaya jizn“ Soyuz jurnali bu asarga katta maqtov bilan munosabat bildirgan.
Gorkiy nomidagi teatr bilim yurtida dars bergan. Talabalar Nikolay Xlibkoni mehr bilan „Kolya amaki“ deb chaqirishgan. Nikolay Xlibkoning shogirdlari orasida Aleksandr Pankratov-Cherniy, Igor Ledogorov, Yulian Kalisher, Irina Mazurkevichva boshqalar kabi mashhur aktyorlar bor.
Xlibko umrining katta qismini teatrga bagʻishlagan, shu bilan birga filmlarda ham rol oʻynagan.
1993-yil 17-noyabrda Nijniy Novgorodda insultdan vafot etgan. „Marina Rosha“ qabristoniga dafn qilingan.
Oilasi
Xotini: Xlibko Aelita Antonovna (1925-yil 25-avgust — 2015-yil 5-fevral), Ulugʻ Vatan urushi faxriysi, ilgari nemis tili oʻqituvchisi boʻlgan.
Oʻgʻillari: Vladimir va Sergey.
Teatrdagi ishlari
Filmografiya
Mukofotlar va unvonlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org