Nikolay Shirshov




Nikolay Vladimirovich Shirshov (oʻzbekcha: Nikolay Vladimirovich Shirshov 1974-yil 22-iyunda tugʻilga, Toshkent, 2021-yil 28-dekabrda vafot etgan.  Rostov-na-Donu) — oʻzbekistonlik va rossiyalik futbolchi, himoyachi.

Futbolchilik faoliyati



Klubdagi



Nikolay Vladimirovich Shirshov kattalar oʻrtasidagi professional faoliyatini 1991-yil SSSRning Ikkinchi quyi ligasi "Sverdlovets" klubida (Toshkent viloyatining sovet futbol klubi) boshlagan. 1992-yildan 1999-yilgacha Oʻzbekiston Ligasining „Traktor“ va „Paxtakor“ klublarida oʻynagan. 2000-yildan beri u Rossiya futbol klublarida oʻynagan.

Keyingi 8 mavsumni Oʻzbekiston chempionatida oʻtkazgan. U yerda asosan "Paxtakor" futbol klubi safida toʻp surgan. Jamoa bilan birgalikda jami 159 oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2000-yildan beri Shirkov Rossiyaning turli jamoalarida faoliyat olib borgan. 2000—2005-yillarda u „Rostselmash“ / „Rostov“ (Rostov-na-Donuda joylashgan Rossiya futbol klubi) uchun Premer-ligada oʻynagan. Keyinchalik 2006—2007-yillarda esa „SKA Rostov-na-Don“(Rostov-Don shahrida joylashgan Rossiyaning professional futbol klubi), 2008—2010-yillarda „Bataysk-2007“ (Rossiyaning Rostov viloyati, Bataysk shahridagi futbol klubi), 2010-yili „Taganrog“ (Taganrog nomli shaharning futbol klubi) klublarining quyi divizionlarida toʻp surgan.

2011-yilda Nikolay MITOS (Rossiyaning Rostov viloyati Novocherkassk shahridagi futbol klubi) Novocherkassk jamoasida oʻynagan.

Terma jamoada



1996—2005-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 63 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan. 1996-, 2000-, 2004-yillarda Osiyo kubogining qura tashlash marosimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Shaxsiy hayot va vafoti



Shirshov 2021-yil 28-dekabrda 47 yoshida vafot etdi. Oʻlim sabablari aniqlanmagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz