Nikolay Seretelli
Nikolay Mixaylovich Seretelli (ruscha: Никола́й Миха́йлович Церете́лли); (1890-yil, Moskva — 1942-yil, Kirov) — sovet aktyori va rejissori, rus oʻyinchoqlarini kolleksiya qilgan va oʻrgangan. Buxoro amirlarining avlodi.
Hayoti
Mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Said Mansurning oʻgʻli, Buxoro amiri Muzaffarning nabirasi. Asl ismi Said Mir Xudoyorxon. Seretelli familiyasini asrab olgan otasidan olgan.
1912-yil Moskvada gastrolda boʻlgan Nemis teatriga qabul qilingan, unda „Shoh Edip“ spektaklining massovkasida qatnashgan. 1913-yilda A. I. Adashev maktabida oʻqigan (N. N. Litovseva sinfida). 1913-yildan 1916-yilgacha Moskva Badiiy teatrida, 1916-yildan 1928-yilgacha Kamer teatri truppasida (1924-yil faoliyatida uzilish boʻlgan) faoliyat yuritgan. 1929—1934-yillarda Operetta teatri rejissori. 1934—1938-yillarda Kalinin teatrida, 1939-yil Mogilyov va Kostromada ishlagan.
Umrining soʻnggi ikki yilida Leningrad komedik teatrida ishlagan. 1942-yilda oʻlimga yaqin holsiz ahvolda blokadada qolgan Leningraddan Vyatkaga evakuatsiya qilingan.
Havolalar
uz.wikipedia.org