Nikolay Rubtsov




Nikolay Mixaylovich Rubtsov (1936-yil3-yanvar, Yemetsk qishlogʻi, Shimoliy oʻlka – 1971-yil 19-yanvar Vologda) – rus lirik shoiri.

Tarjimai holi




Nikolay Rubtsov 1936-yil 3-yanvarda Shimoliy oʻlkaning Yemetsk tumanidagi Yemetsk qishlogʻida (hozirgi Arxangelsk viloyatining Xolmogori tumani) tavallud topgan.
1937-yilda oilasi bilan Nyandomaga koʻchib oʻtgan.
1939–1940-yillarda Rubtsovning otasi Mixail Andrianovich Nyandoma Gorpo boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.
1941-yil yanvar oyida Mixail Rubtsov Nyandomadan Vologda shahar partiya qoʻmitasiga ketgan.
1942-yil yozida Rubtsovning onasi va singlisi vafot etgan, bu vaqtda otasi frontda boʻlgan. Oʻsha yozda 6 yoshli Nikolay oʻzining birinchi sheʼrini yozgan.
1950-yildan 1952-yilgacha Rubtsov Totemsk oʻrmon xoʻjaligi kollejida tahsil olgan. Nikolay Rubtsov 1971-yil 19-yanvar kuni vafot etgan. Adib Vologda Poshexonskoye qabristoniga dafn qilingan.

Faoliyati



1952-yildan 1953-yilgacha Sevriba trestining Arxangelsk trol flotida oʻt oʻchiruvchi boʻlib faoliyat yuritgan. 1955-yil mart oyidan boshlab Rubtsov eksperimental harbiy poligonida ishchi sifatida faoliyat olib borgan.
1955-yil oktyabrdan 1959-yil oktyabrgacha Shmoliy dengiz floti „Ostriy“ esminetsida (dengizchi va katta dengizchi unvoniga ega) masofani oʻlchash bilan shugʻullangan.

1957-yil 1-mayda „Za straje Zapolyara“ gazetasida uning birinchi gazeta nashri („May prishol“ sheʼri) boʻlib oʻtgan. Demobilizatsiyadan soʻng Leningradda yashab, Kirov zavodida mexanik, oʻt oʻchiruvchi va zaryadlovchi boʻlib faoliyat yuritgan.

Ijodi



1962-yil iyul oyida Boris Taygin yordamida oʻzining birinchi mashinada yozilgan „Volni i skali“ nomli toʻplamini nashr etdi.
1964-yilda Moskvada Nikolay Rubtsovning birinchi sheʼrlar toʻplami „Oktyabr“ jurnalida nashr etilgan.
1969-yilda Rubtsov Adabiyot institutini tamomlagan va „Vologodskiy komsomolets“ gazetasiga qabul qiliingan.
1968-yilda Rubtsovning adabiy xizmatlari rasmiy eʼtirofga sazovor boʻlgan va Vologdada unga boshqa Vologda shoiri Aleksandr Yashin nomli koʻchadagi 3-sonli besh qavatli uyning beshinchi qavatidan 66-sonli bir xonali kvartira ajratilgan.
Yozuvchi Fyodor Abramov Rubtsovni rus sheʼriyatining yorqin umidi deb atadi.
Uning birinchi „Volni i skali“ toʻplami 1962-yilda samizdatda, ikkinchi sheʼrlar kitobi „Lirika“ 1965-yilda Arxangelskda rasman chop etilgan. Keyin „Zvezda poley“ (1967), „Dusha xranit“ (1969), „Sosen shum“ (1970) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Nashrga tayyorlanayotgan „Zelyoniye tsveti“ shoir vafotidan keyin chop etilgan.
Vafotidan soʻng „Posledniy poroxod“ (Moskva, 1973), „Izbrannaya lirika“ (Vologda, 1974), „Podorojniki“ (Moskva, 1975), „Stixotvoreniya“ (1977) toʻplamlari nashr etilgan.

Xotirasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz