Nikolay Pak (Xorazm viloyati)
Nikolay Pak (1927-yil 7-fevral, Sintuxinka qishlogʻi, Xankay tumani, Vladivostok okrugi, Uzoq Sharq oʻlkasi — 1983-yil 23-noyabr ) — Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyati Gurlen tumanidagi „Kommunizm“ kolxozining brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966).
Biografiyasi
Nikolay Pak 1927-yil 7-fevralda Vladivostok tumani Sintuxinka qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyatidagi maxsus aholi punktiga surgun qilinadi. 1944 yildan oddiy kolxozchi, brigada rahbari, Gurlan tumanidagi „Kommunizm“ kolxozining sholichilik brigadasi brigadari boʻlib ishlagan.
1965-yilda Nikolay Pak jamoasi sholidan katta hosil oaldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1966-yil 23-iyundagi farmoni bilan Lenin ordeni va "Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan.
VDNX Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan (1964, 1965, 1966, 1971).
1972-yilda Nikolay Pak KPSS aʼzoligiga qabul qilindi. 1973-yilda Gurlan tumanidagi Siolkovskiy nomidagi qishloq yoshlari uchun kechki oʻrta maktabning sakkizinchi sinfini tamomlagan.
1983-yil 23-noyabr kunida vafot etgan. Gurlan tumanidagi sobiq „Kommunizm“ kolxozi qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org