Nikolay Nekrasov yodgorligi Moskva
Nikolay Nekrasov haykali — rus shoiri, yozuvchisi va publitsisti Nikolay Nekrasov xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik. 1960-yilda yozuvchi nomi bilan atalgan 613-maktab yaqinidagi Bolshoy Xaritoniyevskiy koʻchasidagi 13/9-uy hovlisida oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari haykaltarosh Iosif Chaykov va meʼmor Anatoliy Andreyevich Usachevlardir. 1997-yilda mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros obyekti sifatida tan olingan.
2009-yilda maktab hududi Oliy arbitraj sudining yangi binosini qurish uchun berildi. OAS ning yodgorlikni koʻchirish toʻgʻrisida bergan arizasini Moskva Dumasining monumental sanʼat boʻyicha komissiyasi maʼqulladi va haykalni Yauzskiy bulvariga koʻchirishga qaror qilindi. Ammo keyinroq, 2010-yilda oʻrnatish joyi yana oʻzgartirildi va yodgorlik Nikolay Nekrasov nomidagi markaziy shahar jamoat kutubxonasi shoxobchasiga oʻrnatildi. Haykalni demontaj qilish va koʻchirish boʻyicha barcha ishlar federal byudjet hamda sudning oʻz hisobidan amalga oshirildi.
Belgacha ishlangan bronza byust granit tagkursiga oʻrnatilgan. Shoir qoʻllarini koʻkragiga bogʻlagan holda tasvirlangan. Boshi chapga burilgan, koʻzlari uzoqqa tikilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org