Nikolay Matvienko




Nikolay Efimovich Matvienko (1914-yil — 1990) — Sovet Armiyasi podpolkovnigi, Sovet-fin va Ikkinchi jahon urushlari qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1940).

Biografiyasi



Nikolay Matvienko 1914-yil 11-aprelda Peski qishlogʻida (hozirgi Ukrainaning Poltava viloyati Loxvitskiy tumani) tugʻilgan. Maktabning yetti sinfini tugatgach, Makeyevkadagi zavodda mexanik boʻlib ishlagan. 1936-yilda Matviyenko Ishchi va Dehqon Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. 1939-yilda kichik leytenant kurslarini tugatgan.

U Shimoliy-Gʻarbiy frontning 13-armiyasining 80-oʻqotar diviziyasining 307-alohida tank batalonining vzvod komandiri boʻlgan. Sovet-Fin urushidagi janglarda qatnashgan. 1940-yil 3-martda Matvienkoning vzvodi Heinyoki stansiyasi (hozirgi Veshchevo, Vyborgskiy tumani, Leningrad viloyati) hududida chekinayotgan fin qoʻshinlarini taʼqib qilgan va minalangan maydonda oʻtishni amalga oshirgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 7-apreldagi Farmoni bilan „Finlandiya oq gvardiyachilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va shu bilan birga koʻrsatgan jasorati, qahramonligi uchun“ Sovet Ittifoqi Qahramoni medali, Lenin ordeni bilan taqdirlangan .

Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1948-yilda Ukraina SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi qoshidagi partiya maktabini tamomlagan. 1956-yilda podpolkovnik unvoni bilan Matvienko zaxiraga oʻtkazildi.

Oʻzbekiston SSR Navoiy shahrida yashagan, shahar xalq nazorati qoʻmitasiga rahbarlik qilgan. Nafaqaga chiqqanidan soʻng Stavropol oʻlkasining Lermontov shahriga koʻchib oʻtgan. 1990-yil 10-yanvarda vafot etgan, Lermontovda dafn etilgan.

Mukofotlari va xotira



NIkolay 1- va 2-darajali Vatan urushi ordenlari, bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Uning nomi Lermontov shahridagi „Beshtau“ stadionidagi koʻcha va mashgʻulot maydonchasiga berilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz